| Shaxsiy xabarlar |
| e-mail: iroda@iroda.uz |
| |
| Konsertlar bo'yicha |
Administrator - Shokir Erkinovich
tel: +998 97 100-15-55 |
|
| Rasmiy veb sayt |
| Bugun Iroda Nosirovaning rasmiy veb sayti o'z faoliyatini boshladi. Mazkur sayt orqali siz Iroda Nosirovaning hayoti, ijodiy faoliyati qolaversa barcha qo'shiq va kliplari bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi. Agar siz Iroda Nosirova ijodiga befarq bo'lmasangiz, unda sizni saytning Fan-klub bo'limiga taklif qilamiz va o'z munosabatingizni bildirishingizni so'rab qolamiz. |
| |
| Ketmagayman |
| Tez orada Iroda Nosirovaning "Ketmagayman" nomli yangi qo'shig'iga ishlangan klip TV kanallariga chiqadi. Klip rejissori Dilmurod (BVS studiyasi). "Ketmagayman" qo'shig'i mualliflariga to'xtaladigan bo'lsak, musiqa Jahongir.uz ijodidan, matnini Iroda Nosirovaning o'zi yozgan. |
| |
| Sevgim sensan |
| Yana bir yangi qo'shiq yozildi. Qo'shiq "Sevgim sensan" deb nomlanadi. Ma'yus ohangda kuylangan ushbu taronaga ham klip suratga tushirish rejasi bor. |
| |
| Yangi TV loyiha |
| Ayni kunlarda Iroda yangi TV loyiha ustida ishlamoqda. Bu musiqiy televizion loyiha. Dastur qachon va qaysi telekanal orqali efirga uzatilishi esa hozircha noma'lum. Ammo, bu haqidagi eng aniq ma'lumotlarni yaqin orada aynan www.Iroda.uz manzili orqali eng birinchi bilib olasiz. Darvoqe, ushbu dastur Iroda Nosirova sevimli teleboshlovchisi va kumiri bilan olib borishi ehtimoli bor. U kimligini esa yaqin orada bilib olasiz. |
| |
|
Tarjimai hol
Men Iroda Nosirova .... yil 20 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelganman. Oilam haqida ko'p gapirishni yoqtirmayman. Aytishim mumkin bo'lganlari ota-onam, ukam va singlim bor. Ular bilan birga istiqomat qilaman. Toshkent shahridagi 287-o'rta maktabda tahsil oldim.
Mening qo'shiqchilik borasidagi sahnadagi ilk qadamlarim maktab sahnasidan boshlangan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Maktabda o'qib yurgan kezlarim "Ilhom chashmalari" va boshqa qo'shiq konkurslarida qatnashardim... batafsil »
| Hamkorlar |
 |
 |
|